Yem-xashak yig’uvchi tirkamali kombayn
- Ta'rif
- Texnik spetsifikatsiyalar
- Hujjatlar
Tirkamali yem yig’ishtirish kombayni KSD – 2.0 Sterh haqiqatan keng texnik imkoniyatlarga ega: o’rish va tahlash, maydalash va transport vositasiga yuklash, o’t massasini maydalashdan avval maydalash – uning uchun oson bajariladigan vazifalar qatoriga kiradi.
Ekilgan va tabiiy o’tlar, qand lavlagisi va kartoshka poyasi, kungaboqar, silos o’simliklari Sterh tirkaluvchi kombayni pichoqlari orasiga tushgandan so’ng yuqori sifatli yem ozuqasiga aylanadi. Kombaynning konstruktsiyasi o’rilgan o’tlarni tahlagan va maydalangan o’t massasini transport vositasiga yuklagan holda yuqori tezlikda ishlashga imkon beradi.
Optimal holdagi kinematika va ishonchli reduktor kombaynning unumdorligini soatiga 38 tonnagacha ta’minlaydi.
Tayanch g’ildiraklarning mahsus o’ylangan konstruktsiyasi koleya kengligini o’zgartirish va turli o’lchamlardagi qator oralariga ishlov berishga imkon beradi. Rotorli teruvchi apparat massani yirik maydalanishi uchun javob beradi, qirquvchi juftlikli apparat esa maydalashdan avvalgi yirik qirqishni amalga oshiradi.
Mahsus qotishmali pichoqlar o’zini-o’zi charhlashadi, bunda ikki tig’li pichoqlar ikki baravarlik resursga ega – bir tomoni emirilgandan so’ng uni ikkinchi tomoniga almashtirib qo’yish mumkin. Kombayn yoziluvchi snitsa tufayli tashish va yig’ilishi sodda. Silos uzatgichning gidro yuritgichi o’t massasini traktor kabinasidan bevosita tushirishga imkon beradi.
Xususiyatlari | Mazmuni |
Turi | Tirkamali |
Yig’ib olish kengligi, m | 2 |
Unumdorlig, t/s | 38 |
Kesish balandligi, mm | 38-200 |
Konstruksion og’irligi, kg | 1250 |
Ishchi tezligi | 5,7-7,2 |
O’lchamlari, mm(uzunligiх eniх bo’yi) | 4360х3350х3570 |
AylanishVOM, ay./min | 540 |
Maydalash apparatining aylanish chastotasi ay./min | 2545 |