Mahsulotlar - Yem tayyorlash kompleksi K-G-6

Yem tayyorlash kompleksi K-G-6

K-G-6 kompleksi asosan makkajo’xori poyasini o’rish uchun mo’ljallangan bo’lib, xususan, undan makkajo’xori donalarining dumbullik va ham to’liq pishgan paytda, shuningdek boshqa uzun poyali ekinlarni ham o’rishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, uning imkoniyatlariga o’rib, yig’ib qo’yilgan o’zi o’sadigan va ekilgan ekinlar uyumlarini yig’ishtirish hamda ularni maydalash va transport vositasiga yuklash kabilar ham kiradi.

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyalar
  • Hujjatlar

K-G-6 kompleksi asosan makkajo'xori poyasini o'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, xususan, undan makkajo'xori donalarining dumbullik va ham to'liq pishgan paytda, shuningdek boshqa uzun poyali ekinlarni ham o'rishda foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, uning imkoniyatlariga o'rib, yig'ib qo'yilgan o'zi o'sadigan va ekilgan ekinlar uyumlarini yig'ishtirish hamda ularni maydalash va transport vositasiga yuklash kabilar ham kiradi. Silos, pichan (senaj) va o'tlarni yig'ib-terishda K-G-6 kompleksining imkoniyatlari o'ziga o'xshash bo'lgan, xuddi shunday klassdagi o'ziyurar kombaynlarning Ishlab ish unumdorligi va tayyorlab beradigan ozuqa sifati borasidagi imkoniyatlari bilan bir xildir.
K-G-6 kompleksining tarkibiga quyidagilar kiradi: UES-2-280A «PALYeSSYe 2U280A» markali yoki ikki etaklovchi mostli UES-2-250A «PALYeSSYe 2U250A» markadagi, yoxud UES-280 «PALYeSSYe U280» markasidagi bir etaklovchi mostli universal energiya bilan ta'minlash vositalari; KPK-3000 «PALYeSSYe FH40» markali yarim osma pichan, xashak yig'ishtiruvchi kombaynlar yoki KPK-3000A «PALYeSSYe FH40» dumbul makkajo'xori donlarini maydalashgacha tayyorlash aktiv tipdagi moslamasi, yoxud KPK-3000A «PALYeSSYe FH40» maydalashgacha tayyorlash va konservantlar qo'shish moslamasidan iborat moslama.
Ishlab chiqarilayotgan moslamalar modellari va modifikatsiyalari xaridorga keng tanlov imkoniyatlarini yaratib beradi: har bir xaridor K-G-6 kompleksiga kiruvchi komplektatsiyani o'z ozuqa tayyorlash xo'jaligidagi ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlashi mumkin. Xususan, «PALYeSSYe 2U280A» va ikki etaklovchi mostli «PALYeSSYe 2U250A» markali moslamalardan tarkib topgan K-G-6 kompleksi jamlanmasi hatto ekstremal va qiyin sharoitlarda, ya'ni yurish murakkab bo'lgan erlarda, uzoq davom etgan yomg'ir yoqqan joylarda, makkajo'xaorilar dumbul bo'lgan murakkab kuz havo sharoitida ham sifatli ozuqa tayyorlab berish imkoniyatiga ega, shuningdek moslama boshqa mashinalar dalaga chiqa olmaydigan holatlarda ham bemalol va stabil ravishda ishlayveradi. Shuningdek, bir etaklovchi mostli «PALYeSSYe U280» markali moslamadan iborat oddiyroq tuzilmaga ega bo'lgan K-G-6 kompleksi birmuncha arzonligi bilan ajralib turadi.
Ushbu kompleks engil va o'rtacha murakkablikdagi er yuzasida ishlashda o'zini tamoman oqlaydi, zero bunda u o'zining analogi bo'lgan mashinalarning to'liq uzatma mexanizmiga ega mashinalarga ish stabilligi hamda sifati borasida yon bermaydi. Shu bilan birga, «PALYeSSYe FH40» kombaynining o'ziga xosliklaridan biri shundaki, uning tarkibiga radial-diskli ko'rinishdagi ozuqani maydalab beruvchi apparat kiritilgan.
Ushbu apparat pichandagi o'tbargli massaning sifatli qayta ishlanishi va yuqori darajada maydalanishini ta'minlab berish imkoniyatiga ega. «PALYeSSYe FH40» markali kombayn asosan ikki turdagi modifikatsiyalarda ishlab chiqariladi. Agarda kombayn makkajo'xorini silos qilishda ishlatisla, unda kombaynning faol tipidagi dumbul makkajo'xori donalarini maydalovchi variantini tanlash maqsadga muvofiq. Shuningdek, pichan tayyorlash, yashil o'tlarni o'rishda maydalovchi moslama echib olinib, undagi yonlari tekis bo'lgan prostavkali moslama bilan almashtiriladi.
Basharti, kombayndan faqatgina pichan tayyorlashda va o't o'rishda foydalanilishi kerak bo'lsa, unda maydalashgacha olib boruvchi moslamasi bo'lmagan kombaynni sotib olish maqbul. Dag'al ekinlarni o'rish mashinasi makkajo'xorini uningpoyasi balandligi, hosili, ekilish sxemasi va uslubidan qat'iy-nazar birdek samarali va sifatli o'rib olish imkoniyatiga ega. Bunda poyalarni bir xil tekislikda o'rishni mashinadagi mavjud bo'lgan er relefini nusxa ko'chirish va o'rish balandligini belgilash kabi dasturlarning imkoniyatlari ta'minlab beradi. Shuningdek, o'riladigan makkajo'xori poyalari mashinaning o'rish mexanizmi tishlariga pastki tomonidan beriladi, bu esa o'z navbatida makkajo'xori so'talarning nobudgarchiligini oldini oladi.
Yonbosh taqsimlagichlari paykal chetidagi poyalarni ajratib, ularning orasidagi yotib qolganlarini to'g'rilab, o'rish mexanizmiga uzatadi. K-G-6 komplekslari zaruratga ko'ra 2,2 va 3,0 metrli kenglikdagi enlamli podborshchiklar bilan jihozlanadi. Ushbu podborshchiklar o'rilgan massani yo'qotishlarsiz yiqitilgan pichanni yig'ib-terib oladi.
O'tlarni o'rish mashinasi. Yer relefini nusxa ko'chirish va o'rish balandligini belgilash tizimi bir xildagi tekislikda o'tlarni o'rishni ta'minlab beradi. Bunda o'rish parragi uzatmasining shkividagi aylanma muftaning harakatlari shkivning orqaga qaytib aylanishida parrak zararlanishining oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, metall buyumlari va tosh bo'laklarini aniqlash detektori o'rilayotgan pichan massasiga metall yoki tosh bo'laklari kirib qolganda datchiklari mashina kabinasidagi boshqaruv pulti elektron blogiga tegishli signal beradi. Tizim avtomatik tarzda darhol ushbu signalga javoban o'rish mashinasi uzatmasini o'chiradi va mashinaga massa uzatish jarayoni to'xtaydi. ko'lami 8,7 metr bo'lgan keng enlamli o'rish-yassilash KPR-9 «PALYeSSYe SH90» kombaynlari hamda ko'lami 6 metr bo'lgan keng enlamli o'rish-yassilash KPN-6-F «PALYeSSYe SH60F» (UES-280 «PALYeSSYe U280» kombayni «PALYeSSYe SH60F» o'rish-yassilash mashinasi bilan) kombaynlari bilan o't o'rish jarayonida; - KSN-6-3 «PALYeSSYe VN63» markali osma moslamali lavlagi yig'ishtirish kombaynidan foydalanib lavlagi yig'ishtirishda.

Texnik hususiyatlari
Dvigatel
Marka YAMZ-238BK-3
Dvigatelning nominal quvvati kVt(o.k.) 213(290)
Marka DTA 530E(Detroit Diesel)
Dvigatelning nominal quvvati kVt(l.s.) 195(265)
Kombaynning asosiy vaqtning 1 soati davomida unumdorligi
Dumbul pishgan makkajo’horini yig’ishtirishda t/ch 90
Doni dumbul pishgan so’tali makkajo’horini yig’ishtirishda t/ch 43*
So’ligan o’tlarni o’rishda t/ch 50
O’tlarni o’rishda t/ch 43
Adapterlar
Qattiq poyali o’simlik uchun o’roq m 3,0
Teruvchi (Podborshhik) m 2,4/3,0
O’tlarni o’rish uchun o’roq m 4,2
Kesuvchi apparatning o’rnatilgan balandligi  
Qattiq poyali o’simliklar uchun o’roq mm от 100 до 140
O’tlarni o’rish uchun o’roq, minimal mm 60
Jshvalar soni: ta’minlovchi/presslovchi 2/2
Metall detektori, tosh detektori
Maydalash apparati radial-disk turda
Pichoqlar soni dona 12
Pichoqlarni o’rnatish variantlari dona 12/6/3
Qirqish uzunligi mm 5…48
Faol turdagi maydalashgacha bo’lgan qurilma
Dumbul pishgan makkajo’hori donlarining maydalanish darajasi, kamida % 96
Maydalangan massaning transport vositasiga yuklash balandligi, kamida m 4,0
Silos uzatgich aylanish burchagi ° 270
Konservantlar qo’shish qurilmasi
Yonilg’i baki sig’imi l 412
Harkatlanish tezligi   
Tezliklar chegarasi km/soat 0-20
Maksimal ishchi tezlik km/soat 12
Transport holatidagi kompleksning gabarit o’lchamlari
Qattiq poyali o’simliklarni o’rish uchun osilgan o’roq bilan:
Uzunligi mm 8500
Kengligi mm 3090
Balandligi mm 4000
Keng qamrovli rotatsiyali osma o’roq-yassilagichlar bilan ishlash imkoniyati KPR-9

KPR-9-01

KPN-6-F

Osma lavlagi terish kombayni bilan ishlash imkoniyati КСН-6-3

×