Mahsulotlar - Traktor Foton TB-504

Traktor Foton TB-504

Zamonaviy  Foton TB 504 traktori, turli bostirmali, yarim bostirmali shaklda va pritsep jihozlari bilan o’rnatilgan bo’lib, undan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, kommunal xo’jalik, qurilish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida samarali foydalanilishi mumkin.

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyalar
  • Hujjatlar
  • Videolavha
  • Zamonaviy Foton TB 504 traktori, turli bostirmali, yarim bostirmali shaklda va pritsep jihozlari bilan o'rnatilgan bo’lib, undan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, kommunal xo’jalik, qurilish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida samarali foydalanilishi mumkin.Traktor yilning istalgan vaqtida ishlatish uchun mo'ljallangan. Elektr cho’g’lanmali isitgich va kuchli akkumulyator motorni past haroratda osongina ishga tushirishga imkon beradi.Traktor zamonaviy dizaynga ega. Traktor kabinasi yaxshi ko'rinish va qulay operator ish joyiga egaligi bilan ajralib turadi. Kabinaga tyunerli audiotizim va USB-uskuna o'rnatilgan. Texnik xizmat ko’rsatish vaqtida motorga qulay tarzda kirishni yengil yaxlit plastik qopqoqli kapot amalga oshiradi.

    Traktor zamonaviy avtomatlashtirilgan gidravlik biriktirma tizimi bilan jihozlangan bo'lib, u o'rnatilgan qishloq xo'jaligi qurilmasi quvvati, joylashishi va birgalikdagi nazoratini ta'minlaydi. Orqadagi 2-turkumga oid bostirmali qurilma uch nuqtadan iborat bo’lib, barcha mavjud bo'lgan qishloq xo'jalik asbob-uskunalarining bostirmali va yarim bostirmali shleyflarini o'rnatish uchun mo'ljallangan. Faol uskunaning uzatilishi orqadagi ikki val tezlikdagi quvvatni tanlab olish orqali amalga oshiriladi.

    Tashqi gidravlik agregatlar bilan ishlash uchun traktorning gidravlik tizimi traktorning orqa tomonidagi kabina orqasiga o'rnatilgan, qulay boshqaruv trosi va ikki qismli gidravlik purkagich, shuningdek tezda ajratish moslamalari bilan ikki juft orqa gidravlik chiqish nuqtalari bilan jihozlangan.
    Traktorning old qismiga oldingi yetakchi ko’prikning tortish sifatini yaxshilash va tuproqqa ishlov berish jarayonida traktorning boshqaruvini yaxshilash uchun ishlatiladigan ballast – posangi yuklar o’rnatilgan.
    Balka – to’sin ko’rinishidagi old ko’prik ikki bosqichli g'ildirak reduktorlarini qo'llash orqali yengillashtirilgan yarim o’qqa ega.

Motor quvvati l.s. (kVt) 50 (36.8)
G’ildirak formulasi 4х4
 Dvigatel - motor A498-A6 4-taktli suyuqlik bilan sovutiladigan dizelli motor
Motor hajmi, sm3 3168
Dvigatelning nominal yoqilg'i sarfi , g/kvt*s ≤245
Dvigatel tirsakli valining nominal aylanishi, hajmi/daqiqa 2400
Nominal tortish quvvati kn 14
Uzatish qutisi Sinxronlashgan mexanik reversiya (4 + 4) х 3 yoki 12+12
Orqa differensialni bloklash mavjud
Ulanish Quruq, ikki diskli
Rulni gidravlik kuchaytirish mavjud
Tormoz mexanizmi Disk ko’rinishidagi
Quvvatni tanlashning val aylanmasi, hajm./daqiqa. 540/1000
G’ildirak asosi, mm 1990
Old g’ildiraklarning old izi, mm 1250, 1324
Orqa g’ildiraklar izi, mm 1200-1500
Old/orqa shinalar o’lchami 8,30-20/12,4-28
Nazariy harakat tezligi oldinga, km/s 2,4 – 38,5
Nazariy harakat tezligi orqaga, km/s 2,1-33,7
Yoqilg'i baki hajmi, l 65
Dvigatel sovutish tizimining hajmi , l 12
Gabarit o'lchamlari (uxkxb), mm 4136/1870/2622
Konstruktsion og’irlik, kg 2610

 

 

×