Mahsulotlar - Tirkamali yem-xashak yig’uvchi kombayn

Tirkamali yem-xashak yig’uvchi kombayn

Yem-xashak yig’uvchi pritsepli PALESSE FT40 markali kombayn asosan makkajo’xori poyasini o’rish uchun mo’ljallangan bo’lib, xususan, undan makkajo’xori donalarining dumbullik va ham to’liq pishgan paytda, shuningdek, jo’xori, kungaboqar va boshqa uzun poyali ekinlarni ham o’rishda foydalanish mumkin.

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyalar
  • Hujjatlar

Yem-xashak yig'uvchi pritsepli PALESSE FT40 markali kombayn asosan makkajo'xori poyasini o'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, xususan, undan makkajo'xori donalarining dumbullik va ham to'liq pishgan paytda, shuningdek, jo'xori, kungaboqar va boshqa uzun poyali ekinlarni ham o'rishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, uning imkoniyatlariga o'rib, yig'ib qo'yilgan o'zi o'sadigan va ekilgan ekinlar uyumlarini yig'ishtirish hamda ularni maydalash va transport vositasiga yuklash kabilar ham kiradi.
Kombayn tortish klassi 2 dan 4 gacha bo'lgan, dvigateli kuchi 110-185 kVt.li (150-250 ot kuchi) traktorlarga qo'shilishi mumkin.
Kombayn mexanizmi tarkibiga pritsepli maydalagich, dag'al poyali ekinlarni yig'ib-terish uchun rotorli o'rish moslamasi, o'tlarni o'rish moslamasi va yig’ishuskunasikabilar kiradi. Butunlay qirquvchi rotorli o'rish mashinasi ekilish sxemasi va usulidan qat'iy nazar har qanday balandlikdagi va hosildorlikdagi makkajo'xori poyasini o'rish imkoniyatiga ega. Kombayn xaridor xohishiga ko'ra 1,85 va 2,6 metrli kenglikdagi enlamli podborshchiklar bilan jihozlanadi.

Diskli ko'rinishdagi ozuqani maydalab beruvchi apparat pichandagi o'tbargli massaning sifatli qayta ishlanishi va yuqori darajada maydalanishini ta'minlab berish imkoniyatiga ega. Shuningdek, metall buyumlari va tosh bo'laklarini aniqlash detektori o'rilayotgan pichan massasiga metall buyumlar yoki katta tosh bo'laklari kirib qolishidan mashinani ishonchli ravishda asraydi va avariyaviy buzilishlarning oldini oladi.

Kombayn uni turli markalardagi, dvigatel kuchi 150 dan 250 gacha ot kuchiga teng bo'lgan traktorlarni ulash imkonini beruvchi universal tirkama moslamasi bilan jihozlangan.

 Xususiyatlari  O’lchov birligi  Mazmuni
 120 kWt quvvatli traktorlar bilan asosiy vaqtning bir soatdagi unumdorligi, yig’iladigan hosilning 80% namligida, (makkajo’xori), 75% (pichan), 55% (o’rilganpichan), kamida:
- o’t o’rganda t/s 26,4
- yig’ib olganda t/s 24,5
- dag’al poyali o’simliklari va makkajo’xorini o’rganda t/s 43,2
- quruq holdagi makkajo’xorini o’rganda 16,2
Kesish apparitining minimal kesish balandligi:
- Pichan o’rog’i mm 60
- Dag’al  poyali o’simliklar uchun o’roq mm 120
Makkani maydalash darajasi, kamida % 96 - 98
Hosil yig’ib olish to’liqligi (kesganda qolgan poyasini hisobga olmaganda), kamida % 98
Olish kengligi:
- dag’al poyali o’simliklar o’rog’i m 3,0
-yig’ib olish uskunasi (ПКК0350000 / ПКК1900000) m (1,85/2,6)
- o’t o’rish o’rog’i m 3,4
Kesish uzunligi:
- 12 ta pichoq o’rnatilganda mm 5; 10; 15
- 6 ta pichoq o’rnatilganda mm 10; 20; 30
- 3 ta pichoq o’rnatilganda mm 20; 40; 60

×