Mahsulotlar - PALESSE KVK-800

PALESSE KVK-800

PALESSE FS80 o’rta va yirik hajmda yem tayyorlovchi qishloq ho’jaligi korhonalarida samarali qo’llaniladi. Ta’minlovchi apparatning dvigatel tirsakli validan to’g’ridan-to’g’ri o’ta kuchli yuritilishi tufayli, kombayn o’tkazish qobiliyati va iste’mol quvvatining eng qulay nisbatiga erishadi. Shuningdek, kombayn samaradorligi maydalangan massaning to’g’ri o’tkazilishi evaziga ham ortadi.

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyalar
  • Hujjatlar

PALESSE FS80 o’rta va yirik hajmda yem tayyorlovchi qishloq ho’jaligi korhonalarida samarali qo’llaniladi. Ta’minlovchi apparatning dvigatel tirsakli validan to’g’ridan-to’g’ri o’ta kuchli yuritilishi tufayli, kombayn o’tkazish qobiliyati va iste'mol quvvatining eng qulay nisbatiga erishadi. Shuningdek, kombayn samaradorligi maydalangan massaning to’g’ri o’tkazilishi evaziga ham ortadi.

ombayn ishlaydigan moslashtirgichlar (adapterlar) yuqori unumdorlik va sifatli maydalanish uchun zarur sharoit yaratadi: rotorli o’roq makkajo’hori poyalarini ta’minlovchi apparatning bo’ylama o’qi yo’nalishi bo’yicha aniq uzatadi, teruvchi (podborshik) esa o’zining konstruktsiyasi tufayli terilayotgan massaning valec (jo’va)larga uzatilishining eng qisqa yo’lini ta’minlaydi.

Ta’minlovchi apparatning himoya tizimi, pichoqlarning avtomatik charhlanishi, shuningdek konservantni yem massasiga me’yorlashtirilgan tarzda qo’shish tizimi seriyali to’plam ichiga kiritilgan.

Kondicionerli, isitgichli, qulay o’rindiqli kabina ish jarayoni qulayligining zarur darajasini ta’minlaydi.

PALESSE FS80 kombaynining afzalliklari:

•             Qo’llanilgan konstruktorlik yechimlari, quvvati 450 o.k. ega ishonchli va tejamkor dvigatel, yuqori texnik saviyadagi butlovchilar – bularning barchasi kompleksning eng murakkab sharoitlarda, yuqori sifatda maydalagan holda barqaror ishlashi uchun mo’ljallangan. Makkajo’hori silosini tayyorlash unumdorligi – 160 tonna soatiga, senaj tayyorlanishi – 85 tonna soatiga bo’lib, ushbu ko’rsatkichlar haqiqiy ekspluatatsiya sharoitlarida tasdiqlangan, mavsum davomida mashinaning yuqori yuklanishi yem tayyorlashning yuqori darajasini kafolatlaydi.

•             Mashinaning yuqori darajadagi gidrofikatsiyasi texnologik ishonchlilikni ta’minlaydi, kabinadan turib ishchi organlarning operativ boshqarilishi esa vaqtning unumsiz sarflanishini qisqartiradi. O’zi yurar maydalagich konstruktsiyasida quyidagilar qo’llanilgan: bevosita operator ish o’rnidan kesish uzunligini bosqichsiz sozlashli ta’minlovchi apparatning gidravlik yuritgichi, yurish qismining gidrotizimi, ishchi organlar va rul boshqaruvi.

•             Comfort Max ning keng va qulay kabinasi istalgan adapter bilan ishlash vaqtida butun ish hududining bemalol ko’rilishi, issiq yoki sovuq havoda, titrash, shovqin va changdan ishonchli himoya bilan ta’minlaydi. Konditsioner, isitgich, qo’shimcha o’rindiq, ichimliklarni sovutish bloki, quyoshdan himoyalovchi parda «PALESSE FS80» kabinasining seriyali to’plamiga kiradi. Ish kreslosi va rul chambaragi sozlashlar tizimi yordamida istalgan bo’yli va tana tuzilishli operatorga ajoyib tarzda moslashtiriladi.

•             PALESSE FS80 kompleksi nusxalovchi g’ildirakli teruvchi (podborshik) bilan jihozlangan. Dala yuzasini aniq holda nusxalaydi va o’ismliklarning tomir tizimiga shikast etkazmaydi. Teruvchi konstruktsiyasi terish barqarorligini oshirgan holda senaj massasining ta’minlovchi apparatga uzatilishining eng qisqa yo’lini ta’minlaydi. Teruvchi qurilma shnek ostida ihcham tarzda joylashtirilgan, shuning uchun ta’minlovchi apparat jo’valarining orqaga aylanishida massa dalaning o’zida ajratib olinadi va qo’shimcha tozalash talab qilinmaydi.

•             Qalin poyali o’simliklarni yig’ish uchun mo’ljallangan rotorli o’roq makkajo’hori poyalarini toza va bir hil balandlikda o’rilishini ta’minlaydi. Poyalar ta’minlovchi apparatga faqat quyi tomoni bilan uzatiladi, bu esa so’talarning yo’qolishini to’liq oldini oladi va o’zining ortidan qariyb toza dalani qoldiradi. Dumbul pishgan qattiq poyali makkajo’horini yig’ishtirishda o’rish sifati va o’rilgan massaning uzatilish maromligi avvalgidek barqaror qoladi.

•             Dumbul pishgan makkajo’horini yig’ishtirishda donlarni maydalagich ishga tushadi. Uning tishli jo’valari yemning yuqori sifatini ta’minlagan holda donni kuchli maydalashadi.

•             Qo’shimcha imkoniyatlar (opciyalar) sifatida komplekslar o’tlarni o’rish uchun o’roqlar bilan jihozlanadi, shu orqali bitta amal bilan yashil o’simliklarning o’rilishi va maydalanishi orqali navnihollik bosqichida o’rilgan o’simliklardan yuqori sifatli yemni olishga imkon beradi.

•             Yuqori ish sur’atini tashlashni tezlashtiruvchi moslama ta’minlaydi. Maydalangan massaning katta oqimi transport vositalarining kuzovlarini zich to’ldiradi va kuzovning sig’imidan maksimal darajada unumli foydalanib, yem tashish reyslar sonini kamaytiradi.

•             PALESSE FS80 da massani uzatishning to’g’ri yo’li qo’llanilgan – bu ta’minlovchi apparat jo’valaridan silos uzatuvchining chiqish yo’liga kuchayuvchi oqimni uzatishning eng qisqa yo’li hisoblanadi. Bunday sxema kam yonilg’i sarflagan holda yuqori o’tkazish quvvatini ta’minlaydi. Maydalovchi apparat – yem-hashak yig’uvchi mashinalarning asosiy ishchi organi va energiya iste’molchisi hisoblanadi. Shuning uchun uning yuritilishi dvigatelning tirsakli validan uzun tasma orqali bevosita uzatish orqali amalga oshiriladi. Asosiy yuritish tasmasi doimo taranglik holatida turadi, bu esa uning uzoq muddatli hizmatini ta’minlaydi.

•             Qirqish uzunligining ohista sozlanishi kabinadan turib, boshqaruv pultidagi boshqaruv dastagini ikki holatga burash orqali sodda va qulay tarzda amalga oshiriladi: 6-8 va 11-15 mm (40 ta pichoq bilan). Yfnada kattaroq maydalanish uchun barabanda 20 pichoq bilan ishlash ko’zda tutilgan.

•             Maydalovchi barabanda 4 qatorda joylashgan 40 ta pichoq qarshi kesuvchi g’o’laga nisbatan burchak ostida o’rnatilgan. Bu energiyaning tejalishini ta’minlovchi qiyali toza kesilishni ta’minlaydi. Pichoqlar o’tkir qiyalama burchak hisobiga massani chekkadan barabanning markaziga siljitadi va sha orqali massaning texnologik traktning devoriga ishqalanishi va podshipniklarga bo’lgan yuklanishni kamaytiradi.

•   Maydalovchi baraban pichoqlarini charhlash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. SHu tarzda maydalashning yuqori sifati, smena unumdorligining oshishi va yonilg’i sarfining kamayishini ta’minlaydi.

•   Komplekslarning standart to’plamiga kiruvchi maydalovchi apparatning himoya tizimi, maydalovchi baraban pichoqlarining begona predmetlar tufayli shikastlanishini oldini oladi. Himoya tizimining sezgirlik darajasi kabinadan turib sozlanadi. Metall va tosh detektorlari datchiklari kabinada joylashgan boshqaruv pultining elektron blokiga signal yuboradi. Tizim bir lahzaning o’zida begona jismga nisbatan ta’sirlanadi va avtomatik ravishda ta’minlovchi apparat jo’valari yuritgichini o’chiradi va massa uzatilishini to’htatadi. Elektrgidravlik revers mexanizmi yordamida begona jism olib tashlanadi.

•  Emlar saqlanishi sifatini oshirishga, KVK-800-36 «PALESSE FS80-5» seriyali to’plamiga kiruvchi konservant qo’shish uchun mo’ljallangan qurilmaning qo’llanilishi yordam beradi.

•   Yonilg’i bakining sig’imi kompleksning 10 soatlik ishini ta’minlaydi. Kompleks, radiatorlar bloki, filtrlar, kabinani chang va kirdan tozalash, sig’imi 80 litrli ikkita resiver bilan jihozlangan pnevmotizim yordamida amalga oshiriladi.

•   Aylanish burchagi 210° bo’lgan silos uzatgich murakkab manyovr (harakat)larning oldini oladi. Zarur bo’lganda butun bir silos uzatgichni emas, balki faqat uning asosidagi oson echiluvchi plastinalarni echish – ekspluataciya harajatlarini qisqartirishga imkon beradi.

Texnik xususiyatlari
Dvigatel
Marka KVK-800-16

«PALESSE FS80-2»

OM 502 LA

(Mercedes-Benz)

Marka KVK-800-36 «PALESSE FS80-5» D-280.1 S2-01(MMZ)
Dvigatelning nominal quvvati kVt(o.k.) 330(450)
Dumbul pishgan makkajo’horini yig’ishtirishda t/s 155
Doni dumbul pishgan so’tali makkajo’horini yig’ishtirishda t/s 75
So’ligan o’tlarni o’rishda t/s 70
O’tlarni o’rishda t/s 75
Adapterlar
Qattiq poyali o’simliklarni o’rishda m 4,5
Teruvchi (Podborshhik) m 3,8/3,0
O’tlarni o’rish uchun o’roq m 5,0(opciya)
Kesuvchi apparatning o’rnatilgan balandligi
Qattiq poyali o’simliklar uchun o’roq mm ot 120 do 350
O’tlarni o’rish uchun o’roq, minimal mm ot 50 do 220
Ta’minlovchi apparat
Kengligi mm 770
Jo’valar soni dona 4
Metall detektori, tosh detektori seriyali
Ta’minlovchi apparatning gidromexanik yuritgichi seriyali
Jo’valarning gidromexanik reversi seriyali
Barabanli turdagi maydalovchi apparat
Maydalovchi baraban kengligi mm 780
Maydalovchi baraban diametri mm 630
Barabanning aylanish chastotasi ayl/daq 1200
Baraban pichoqlari soni dona 40
Pichoqlarni o’rnatish variantlari dona 20/40
Qirqish uzunligi mm 6…40
Pichoqlarning joylashuvi shahmat tartibida
Pichoqlarning charhlanishi avtomatli
Kabinadan qirqish uzunligini elektrgidravlik boshqarilishi seriyali
Maydalashdan oldingi qurilma seriyali
Ikki jo’vali, bo’rtmali cilindr jo’va
Jo’valar diametri mm 196
Dumbul pishgan makkajo’hori donlarining maydalanish darajasi % 96
Maydalangan massaning transport vositasiga yuklash balandligi, kamida m 4,0
Silos uzatgich aylanish burchagi grad. 210
Konservantlar qo’shish qurilmasi seriyali
Yonilg’i baki sig’imi l 550
Harkatlanish tezligi
Tezliklar chegarasi km/soat 0-20
Maksimal ishchi tezlik km/soat 12
G’ildiraklar soni: boshqariluvchi/etaktshi dona 2/2
Baza/yo’l tirqishi mm 2 800/340
G’ildirak izlari orasidagi masofa (koleya): boshqariluvchi/yetakchi mm 2 450/2 600
Gabarit o’lchamlari va adaptersiz o’zi yurar maydalagichning vazni 
Uzunligi mm 6850
Kengligi mm 3400
Balandligi mm 4000
Vazni kg 11000
Transport holatidagi kompleksning gabarit o’lchamlari
Teruvchi bilan birgalikda
- uzunligi mm 8100
- kengligi mm 3450
- balandligi mm 4000

×