Mahsulotlar - Ekskavator LW8

Ekskavator LW8

Transheya – xandaqlar qazish, sochiladigan yuklarni ortish va tushirish, chuqurlar qazish va boshqa yer va qurilish ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan bostirmali asbob.

Kategoriyalar: ,

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyasi
  • Hujjatlar

Traktor yoki mini traktorga o'rnatilgan bostirmali ekskavatorning ish jarayoni 4 qismdan iborat:

  • yer qazish;
  • turpoqni o’zgartirish;
  • transport vositasining kuzoviga ortish yoki bir chetga surib qo’yish;
  • boshlang'ich holatga qaytish.

Ekskavator traktorning orqa tomonidagi uch nuqtali joyiga o'rnatilgan bo'lib, og’irlikka qarshilik ko’rsatish maqsadida bir vaqtning o’zida bostirmali umumiy yuk ortgich yoki umumiy yuklar to’plamini (qarshilik ko’rsatuvchi) traktorning oldingi uzatmasiga o’rnatish tavsiya etiladi.

Traktor negizidagi ekskavator traktorning gidravlik tizimiga ulanadi, operatorning alohida joyiga ega bo’ladi va boshqaruv organlari tomonidan boshqariladi.

Traktorlar uchun mo’ljallangan yuk ortuvchi ekskavatorning afzalliklari shundan iboratki, agar sizda traktor bo'lsa, kichik ekskavatorga nisbatan unga o’rnatiladigan bostirmali kovsh – cho’michni sotib olish ancha arzon tushadi. Ushbu uskunani tanlashning yana boshqa afzalliklari ham mavjud:

  • Tez almashtirish mumkin bo’lgan moslamalar bir traktordan mini ekskavator, yuk ortish qurilmasi, kommunal, qor tozalash, qishloq xo'jaligi texnikasi sifatida foydalanish imkonini beradi. Bu esa ushbu vazifalarni hal qilishda traktoringizdan yil davomida foydalanish imkonini beradi. Va unga ketadigan sarf-harajatlarni kamaytirish uchun keraksiz mini ekskavatorlarni sotish yoki ijaraga berish shart emas.
  • Bostirmali texnika o'zining avtonom analoglari, o’ziga o’xshash texnika vositalariga qaraganda saqlanish joyini kamroq oladi.
  • Bostirmali kovsh – cho’mich o'rnatilgan traktorning quvvati mini ekskavatornikidan kam emas.
  • Traktor o’qiga kovsh – cho’mich o'rniga gidromolot, butalarni qirquvchi, o’roq mashinasini o'rnatishingiz mumkin.
Qazish chuqurligi, m 2, 7
To’kish balandligi, m 2,5
Burilish radiusi darajasi 160
Kovsh-cho’mich hajmi m3 0,35

×