Mahsulotlar - «Shilling» Cho’kirtak (ang’iz) kultivatori

«Shilling» Cho’kirtak (ang’iz) kultivatori

Ang’iz kultivatorlari o’simliklarning o’sishi va keyingi rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar yaratiluvchi dehqonchilikning himoyalovchi tizimida to’liqroq va sifatliroq qo’llaniladi. Shuningdek ang’iz kultivatorlari tuproqqa ekin oldi ishlov berish vaqtida an’anaviy ishlov berishda ham keng qo’llanilishi mumkin.

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyasi
  • Hujjatlar

Ang’iz kultivatorlari o’simliklarning o’sishi va keyingi rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar yaratiluvchi dehqonchilikning himoyalovchi tizimida to’liqroq va sifatliroq qo’llaniladi. Shuningdek ang’iz kultivatorlari tuproqqa ekin oldi ishlov berish vaqtida an’anaviy ishlov berishda ham keng qo’llanilishi mumkin.

Ang’iz kultivatorlari diskli moslamalarga nisbatan muhim ustunliklarga ega: ishchi chuqurlikka aniq va bir maromda rioya qilingan holda o’rtacha va engil tuproqlarga sifatliroq ishlov beriladi, shuningdek ishchi organlar tomonidan omoch tovoni hosil bo’lmasligi.

An’anaviy erga ishlov berishga nisbatan tuproqni boyituvchi ishlov berishning asosiy ustunliklari:

  • o’simlik qoldiqlari bilan boyitilgan tuproq qatlamining mavjudligi er quvvatini ancha oshiradi, buning natijasida dala ishlarini ertaroq boshlash mumkin bo’ladi;
  • yuqori tuproq qatlamida o’simlik qoldiqlarining ko’pligi qor erishi natijasida yuzaga kelgan ortiqcha namlikni yutish va to’plashga yordam beradi, bu esa tuproqning suv natijasidagi erroziyasini oldini oladi, bu ayniqsa o’nqir-cho’nqir yuzaga ega joylarda juda muhimdir;
  • tuproq yuzasida joylashgan mulcha (boyitilgan) qavati uning yuqori qatlamidagi namlikning bug’lanishini oldini oladi;
  • o’simlik qoldiqlari bilan boyitilgan tuproq mexanik ta’sirga nisbatan chidamli bo’ladi va uning ishchi organlar va yurish tizimlari tomonidan buzilishini oldini oladi.

«Shilling» ishlov berilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avval birinchi bosqichda to’kilgan urug’lar, o’t qoldiqlari va organik massa mahsus ishlangan shakldagi qanotli tish yordamida tuproqning yuqori qavati bilan yopiladi, bu esa ularning tez unib chiqishiga olib keladi. Bunda suv yo’llari buziladi va tuproqdagi namlik saqlanadi, yutib olinadi va tushgan yog’ingarchilik saqlab qolinadi.

Ikkinchi bosqich tahminan ikki haftadan so’ng amalga oshiriladi. Bunda tuproq 10-15 sm gacha chuqurlikda ishlov beriladi, nihollar butun yuza bo’ylab kesib olinadi va ildizi bilan qo’porib tashlanadi. Shu bilan bir vaqtda «Shilling» organik massani ishlov berilayotgan yuzaning barcha chuqurligi bo’yicha teng ravishda taqsimlaydi va uni tuproq bilan sifatli aralashtiradi.

«Shilling» ning qo’shimcha konstruktiv afzalliklari:

  • keng qanotli tishlar alohida burchak ostida pastga qarb o’rnatilgan, buning natijasida er qatlamining butun yuzasi bo’ylab tekis qirqilishi va hattoki kam chuqurlikda ham optimal aralashtirishga erishiladi;
  • omoch tishlarining uzun yon yuzasidagi tig’larning ishchi kengligi butun ekspluatatsiya davomida saqlanib qoladi;
  • saqlovchi boltning joyini o’zgartirish imkoniyati lapalarning burchak qiyaligini boshqarish va «Shilling» ning hattoki quruq qattiq erga kirishiga ham yordam beradi;
  • «Shilling» konstruktsiyasi ko’pgina horijiy ishchi organlarga moslashtirilgan, buning natijasida ularni sotib olishning eng qulay usulini mustaqil tanlash mumkin;
  • ikkitalik g’altakning mahsus konstruktsiyasi tuproqning kuchli maydalanishi va uning qayta zichlanishini ta’minlab, shu orqali to’kilgan urug’larning yahshiroq unib chiqishiga erishiladi;
  • juftlangan g’altakning sharnirli qotirmasi turli to’siqlarning ustidan o’tish chog’ida butun agregatga ta’sir qilmasdan, uni aylanib o’tishini ta’minlaydi va shuning uchun ishlov berishning belgilangan chuqurligi saqlanib qolinadi.

Universal agregat «Shilling» oraliq ekinlarni samarali ishlov berish uchun ham qo’llaniladi. O’zining konstruktsiyasining hususiyatlari tufayli u yashil massani tez chirishi uchun tuproq bilan yahshiroq aralashtirgan holda yuqori sifatda bajaradi (bunda ishchi organlar tiqilmaydi).

Nomlanishi Qiymati
Qamrab olish kengligi, m 2,24
Ishlov berish chuqurligi, sm 5-22
Ishchi tezlik, km/soat <15
Unumdorlik, ga/ch <3,36
Pajalar soni, dona 5
G’altak turi bittalik
Traktorning talab qilingan quvvati, o.k.  >80
Dala yuzasining tekisligi, sm  <2
Yovvoyi o’t ildizlarini kesishi, %  >99
Umumiy vazni, kg.  748

×