Mahsulotlar - Bir kovshli ekskavator

Bir kovshli ekskavator

Ushbu ekskavator asosan I-III kategoriya turiga xos bo’lgan er qatlamlari ekskavatorda qazish hamda ortish-yuklash ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan.

Kategoriyalar: ,

Narxi: Shartnoma

Buyurtma qilish
  • Ta'rif
  • Texnik spetsifikatsiyasi
  • Hujjatlar

Ushbu ekskavator asosan I-III kategoriya turiga xos bo'lgan er qatlamlari ekskavatorda qazish hamda ortish-yuklash ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan. Ekskavatorga tayanch traktor sifatida oldingi mostli balka tipidagi MTZ-82.2 MTZ-920 «Belarus» rusumli traktorlarni ishlatish mumkin. Zero, bu yuk ortuvchi mashinaning yuk ortish og'irligini 1 tonnagacha ko'tarish imkonini beradi.

  • Oldingi tarafdan qo'shilgan yuk ortgichning tuzilishi u bilan parallel ravishda kovsh o'qining ko'tarilishi va tushishiga imkon yaratib beradi.
  • Yuk ortgichning universalligi “4 tasi birda” tipidagi ko'p funksiyali kovshni o'rnatish imkoniyati bilan yanada ko'payadi
  • Ekskavator qazish jihozi o'z o'qi ± 590mm. ga aylanishi tor joylarda ham ekskavatorga ishini qilish imkonini beradi.
  • Ekskavatorning tashqi o'lchamlari kichraytirilib, 3480 mm. ga yetkazilgan bo'lsada, uning qazish maksimal chuqurligi oshgan va 4420 mm.gacha yetgan.
  • Ekskavator moslamasi bilan boshqaruv gidravlik, maxsus joystikda amalga oshiriladi va unda bir vaqtning o'zida 4 tagacha texnologik operatsiyalarni amalga oshirish mumkin.
  • Boshqaruvdagi gidrotizim ushbu sohadagi doir ilg'or Yevropa ishlab chiqaruvchilaridan bo'lmish Brevini, Busak Shamban, Filtrec, Manulli kompaniyalariga taalluqli texnologiyalar asosida jihozlangan. Gidrotizimning ishchi bosim kuchi 23(230) MPa(kgs/sm2) ga teng bo'lib, maksimal qirqish kuchi 38(380)kN(kgs) ni tashkil qiladi. Filtratsiya tizimi yopiq bo'lib, tozalash maydaligi 10 m /km.ga teng. Transport holatida ekskavator moslamasi ixcham holatgacha yig'iladi, bu esa o'z navbatida uning hajmini kichraytirish hamda traktorning orqa mostiga tushadigan nagruzkani jiddiy kamaytirishga xizmat qiladi.

Ilk komplektatsiyaga ponaramali ko'rinadigan oyna, 2 darajali tezlikdagi pantografli oyna tozalagich, oyna yuvuvchi hamda 4 ta faralar bilan jihozlangan qulay kabina kiradi. Ekskavator va yuk ortgich asbob-uskunalar maxsus legirlangan konstruktsion po'latdan ishlangan. Uni yasashdagi ilg'or texnologiyalarga asoslangan yarim avtomat argonli hamda uglekarbonat angidrit gazi vositasida amalga oshirilgan payvandlash tufayli umumiy uskunaning hamda detallarining tutash joylari yuqori mexanik hamda issiqlik nagruzkasiga bardosh bera oladi. Sharnirli tutash joylarda ko'p vaqt chidovchi mustahkamlangan bronza va Shvetsiyaning SKF firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan metalloplastdan tayyorlangan vtulkalar o'rnatilgan. Ekskavator hamda yuk ortgichlar ish jihozlarining dizayni ilg'or xorijiy analogik uskunalar qiyosida ishlangan. Ilk  komplektatsiya  shassisi sifatida MTZ-82.1 rusumli traktorining ishlatilishida ekskavator oldingi tarafdagi aylanma er ag'dargich bilan jihozlanadi. Gidrobosqon sifatida foydalanish imkoni mavjud. O'ziga xos jihatlari – tezlikda echiladigan, ekskavator uskunasiga to'liq moslashtirilgan, turli ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan gidrobosqonlardan foydalanish imkoniyati. Bu esa o'z navbatida DEM-114 uskunasidan foydalanish sohalariing jiddiy ravishda kengayishiga xizmat qiladi.

Maksimal kovlash chuqurligi, mm 4420
Yer sathida ko’tarilishi, mm 5350
Ortib berish uchun ko’tarilishi, mm 1700
Maksimal kovlash balandligi, mm 5100
Maksimal ortib berish balandligi, mm 3400
Burulish burchagi, gradus 195
Yon tomondan siljishi, mm 590
Balandligi, mm 3480
Tutib turadigan panjasi bilan kengligi, mm 2240
Orqa g’ildiraklari izi, mm 1800
Asosiy kovshning hajmi, m3 0.25 (0.12, 0.30)
Mashina vazni, kg:  
Ekskavator  yuklagich bilan birgalikda 6500
Ekskavator  aylanma ag’dargich bilan birgalikda 6250

×